Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
6 ta postda transport tekshiruvi sinov tariqasida chegara qo‘shinlariga berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda ayrim chegara bojxona postlari go‘yoki tugatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Ammo gap postlarni yopish emas, avtotransport vositalarini ko‘zdan kechirish jarayonini sinov tartibida boshqa tuzilma tomonidan amalga oshirish haqida ketmoqda.
Ijtimoiy tarmoqlarda bir qator chegara bojxona postlarining tugatilayotganiga doir noto‘g‘ri xabarlar tarqaldi.
Aslida, prezidentning 2025 yil 17 dekabrdagi PF-250 son farmoni bilan 6 ta bojxona posti va punktida sinov tariqasida 2026 yil 31 dekabrga qadar avtotransport vositalarining ko‘zdan kechiruvi chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.
Bu ushbu bojxona postlari tugatilishini anglatmaydi. Aksincha, bir birini takrorlovchi funksiyalarning qisqartirilishi hisobiga ayrim bojxona nazorati tartib-taomillari chegara qo‘shinlariga o‘tkazilishini anglatadi.
Ushbu chegara bojxona postlari o‘z faoliyatini davom ettiradi.
Mavzuga oid
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
10:57 / 29.06.2026
Energetika sohasida tekshiruvlarning yangi mexanizmi joriy etildi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:50 / 12.06.2026