Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Florensiya teatri Zaxarova va Repin ishtirokidagi namoyishlarni bekor qildi
Svetlana Zaxarova ishtirokidagi balet va skripkachi Vadim Repin qatnashadigan chiqishlar 20 va 21 yanvar kunlari bo‘lishi kerak edi. Florensiyadagi Maggio Musicale teatri esa bekor qilishni “davom etayotgan xalqaro taranglik” bilan izohladi.
Foto: AP
Italiyaning Florensiya shahridagi Maggio Musicale teatri rossiyalik balerina Svetlana Zaxarova va uning turmush o‘rtog‘i — skripkachi Vadim Repin ishtirok etadigan “Pa-de-de na palsax i dlya palsev” baletining ikki namoyishini bekor qildi. Teatr rahbariyati bu qarorni payshanba kuni, 8 yanvarda “davom etayotgan xalqaro taranglik — muvaffaqiyatli namoyishga xavf solishi mumkin bo‘lgan muhitni yaratdi”, deb izohladi.
Spektakllar 20 va 21 yanvar kunlariga rejalashtirilgan edi. Madaniy muassasa namoyish bekor qilinishining boshqa tafsilotlarini keltirmadi. Tomoshabinlarga chipta pullari qaytariladi.
Italiyaning La Nazione kundalik gazetasi yozishicha, chiqishlar bekor qilinishiga Ukrainaning Italiyadagi elchixonasi pozitsiyasi sabab bo‘lgan. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, diplomatik missiya teatr rahbariyatiga, Florensiya meri Sara Funaroga va shahar kengashiga xat yo‘llab, balerina va skripkachining chiqishlarini bekor qilishni so‘ragan. Elchixona ularning ishtiroki Kreml bilan aloqalar tufayli “qabul qilib bo‘lmas” ekanini bildirgan.
2024 yilda ham Svetlana Zaxarovaning Sloveniya poytaxti Lyublyanadagi festival doirasida chiqishi bekor qilingan edi. O‘sha payt Ukraina TIV Sloveniya hokimiyati bilan ukrain diasporasi ko‘magida elchixonaning keng ko‘lamli ish olib borganini ma’lum qilgan.
2007–2011 yillarda Svetlana Zaxarova RF Davlat dumasi deputati bo‘lib, “Yagona Rossiya” partiyasidan saylangan. 2018 yildan buyon u Rossiya prezidenti huzuridagi Madaniyat va san’at bo‘yicha kengash tarkibiga kiradi. 2024 yilda esa u prezidentlik saylovlarida Vladimir Putinning ishonchli vakili bo‘lgan.
Mavzuga oid
14:04 / 07.01.2026
O‘zbekistonliklarning Italiyaga safarlari 25 foizga oshdi
22:25 / 30.12.2025
Eronda milliy valuta kursi qulaganidan keyin norozilik namoyishlari boshlandi
21:35 / 28.12.2025
Suriya g‘arbida o‘tkazilgan namoyishlar chog‘ida 3 kishi halok bo‘ldi
12:35 / 25.12.2025