Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
«Aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda ularga yangi nom berish to‘g‘risida» Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan nomi davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtiriladigan aeroportlar, avtovokzallar va avtostansiyalar ro‘yxati tasdiqlandi. Unda 161 ta obekt ko‘rsatilgan. Yangi nom berilgan aeroport, avtovokzallar va avtostansiyalar ro‘yxati ham tasdiqlangan bo‘lib, unga 21 ta nom kiritilgan.
Xususan, poytaxtning Yashnobod tumanida joylashgan Toshkent—Sharqiy aeroporti Toshkent—Humo deb qayta nomlandi.
Hukumat qarorida belgilanishicha, Transport vazirligi Uzbekistan Airports, Uzbekistan Airways, Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan uch oy muddatda aeroportlar, vokzallar va avtostansiyalar nomlarining davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirilishi hamda yangi nom berilishi munosabati bilan tegishli hujjatlar, xaritalar, ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritilishini, shuningdek, aeroportlar, vokzallar va avtostansiyalarga o‘rnatilgan peshlavhalar hamda axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlaydi.
Hujjatga ko‘ra, avtovokzal, avtostansiyalarga Transport vazirligining taklifiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi tomonidan nom beriladi hamda ularning nomlari o‘zgartiriladi.
Mavzuga oid
08:17 / 03.06.2026
Dunyoning eng gavjum temiryo‘l vokzallari reytingi e’lon qilindi
09:02 / 29.05.2026
Shveytsariyada vokzalda hujum: uch kishi yaralandi
08:38 / 29.05.2026
Xitoy dengiz o‘rtasida dunyodagi eng yirik aeroportni qurmoqda
08:34 / 19.05.2026