Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi mumkin
Londonda O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov va Sharqiy London universiteti qoshidagi Riks markazi direktori Gosiya Kvyatkovska o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim sohasida o‘qituvchi va mutaxassislar tayyorlash dasturlarini joriy etish masalasi muhokama qilindi.
“Dunyo” AA xabariga ko‘ra, uchrashuvda Buyuk Britaniya tomoni O‘zbekistonda inklyuziv ta’lim va tadqiqotlar sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni hamda ushbu yo‘nalishda erishilayotgan yutuqlarni e’tirof etgan.
Tomonlar mamlakatda inklyuziv ta’lim bo‘yicha kadrlar tayyorlash dasturlari, malaka oshirish kurslarini yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Riks markazi metodologiyasi asosida treninglar va onlayn seminarlar tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Ma’lumot uchun, Riks markazi Sharqiy London universitetining nufuzli ilmiy muassasalaridan biri hisoblanadi. Markaz inklyuziv tadqiqotlar, ta’lim va jamoatchilik bilan muloqot sohalarida katta tajribaga ega bo‘lib, xalqaro miqyosda keng hamkorlik tarmog‘iga egaligi bilan ajralib turadi. U ta’lim va ijtimoiy dasturlar yo‘nalishida davlat hamda nodavlat tashkilotlari bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.
Mavzuga oid
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026
BBC va FT: Starmer bilan bog‘liq yong‘inlar ortida Rossiya izi bo‘lishi mumkin
23:06 / 15.06.2026
Britaniyada 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi
19:31 / 14.06.2026