Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston U23 Osiyo Kubogi chorakfinalida Xitoy bilan o‘ynaydi
Raqib o‘z guruhida birorta to‘p o‘tkazmasdan va mag‘lub bo‘lmasdan pley-offga chiqdi.
Foto: The AFC
Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan iborat terma jamoalar o‘rtasida Osiyo Kubogi guruh bosqichi yakunlandi.
A guruhidan Vetnam va Iordaniya, V guruhidan Yaponiya va BAA, S guruhidan O‘zbekiston va Janubiy Koreya, D guruhidan Avstraliya va Xitoy chorakfinalga chiqdi.
Shundan so‘ng, chorakfinal juftliklari quyidagicha shakllandi:
16 yanvar,
1) Vetnam – BAA,
2) Yaponiya – Iordaniya
17 yanvar,
3) O‘zbekiston – Xitoy,
4) Avstraliya – Janubiy Koreya
O‘zbekiston U23 raqibi bo‘lgan Xitoy yoshlar terma jamoasi guruh bosqichida Avstraliyani (1:0) mag‘lub etib, Iroq (0:0) va Tailand (0:0) bilan durang o‘ynagan.
Yarimfinal o‘yinlari 20 yanvar kuni o‘tkaziladi, unda 1- va 3- juftlik g‘oliblari, 2- va 4- juftlik g‘oliblari to‘qnash keladi.
U23 Osiyo Kubogi bu yilgi mavsumining boshqalaridan farqli jihati shundaki, unda Olimpiada yo‘llanmasi o‘ynalmaydi. Shu sababli, ko‘plab jamoalar asosiy tarkib bilan ishtirok etmayapti.
U23 Osiyo Kubogi 2013 yildan beri o‘tkaziladi. Unda Yaponiya yoshlari eng ko‘p – 2 marta g‘olib chiqqan, shu jumladan so‘nggi turnirda ham. Shuningdek, Iroq, O‘zbekiston, Janubiy Koreya va Saudiya Arabistoni hisobida bittadan g‘alaba bor.
Mavzuga oid
18:27 / 13.01.2026
O‘zbekiston U23 guruhda birinchi o‘rin bilan Osiyo Kubogi pley-off bosqichiga chiqdi
20:58 / 10.01.2026
O‘zbekiston U23 jamoasi Osiyo Kubogidagi ikkinchi bahsda durang o‘ynadi
21:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo Kubogini g‘alaba bilan boshladi
09:08 / 26.12.2025