O‘zbekiston | 08:57 / 15.01.2026
2489
2 daqiqa o‘qiladi

1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar noqonuniy muomaladan chiqarildi

Bojxona organlari tomonidan yashirin iqtisodiyot va narkojinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligi oshirilib, qiymati trillion so‘mdan ortiq tovarlar hamda qator taqiqlangan ashyolar noqonuniy muomaladan chiqarildi. Bayram munosabati bilan bir qator xodimlar va tanlov g‘oliblari taqdirlandi.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishdagi natijadorlik 44 foizga oshirilib, 1 trln 145 mlrd so‘mlik tovarlar, 92 mlrd so‘mga yaqin ekvivalentdagi valuta qimmatliklari va 140 mlrd so‘mga yaqin zargarlik buyumlari hamda 5960 ta madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qo‘yildi.

Shuningdek, millat kelajagi va yoshlarning sog‘lom turmush tarziga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi narkojinoyatlarga qarshi kurashish samaradorligi 2 barobarga oshirilib, 3 tonnaga yaqin giyohvandlik vositalari, psixotrop va kuchli ta’sir etuvchi moddalar ushlab qolingan.

Bundan tashqari, 16 mingdan ortiq taqiqlangan materiallar, 50 mlrd so‘mga yaqin tamaki mahsulotlari, 188 ta o‘qotar, pnevmatik va sovuq qurollar hamda 5 mingdan ortiq o‘q-dorilar aniqlangan.

Qayd etilishicha, mazkur natijalar bojxona organlari faoliyati harbiy va iqtisodiy yo‘nalishlarni qamrab olgan, yurtimiz mudofaasida muhim ahamiyat kasb etuvchi, katta mas’uliyat va javobgarlik yuklatilgan tizim ekanidan dalolat beradi.

Bayram munosabati bilan prezident farmonlariga muvofiq, 2 nafar xodim yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Tadbir davomida Bojxona qo‘mitasi raisi ushbu mukofotlarni tantanali ravishda topshirgan.

Shuningdek, Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan o‘tkazilgan «Posboniman muqaddas yurtning» respublika tanlovi hamda «Zakovat» intellektual o‘yini g‘oliblari ham esdalik sovg‘alar bilan taqdirlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid