Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Falastinning yangi elchisi qabul qilindi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Falastin davlatining mamlakatdagi yangi tayinlangan favqulodda va muxtor elchisi Vaill Ahmed Battrexining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.
Foto: Telegram / bakhtiyor_saidov
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Falastinning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Vaill Ahmed Battrexi janoblarining ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston–Falastin munosabatlarini ikki va ko‘p tomonlama formatlarda rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar davlatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va konstruktiv muloqotni yanada mustahkamlashga kelishib oldi.
Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi elchini mamlakatdagi faoliyati davomida qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.

Mavzuga oid
09:21
AQSh: G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichi boshlandi
22:54 / 01.01.2026
Isroil o‘nlab notijorat nodavlat tashkilotlariga G‘azoda ishlashni taqiqladi
11:44 / 30.12.2025
HAMAS G‘azo sektoridagi bo‘limi rahbari halok bo‘lganini tasdiqladi
20:52 / 25.12.2025