O‘zbekiston | 16:50 / 16.01.2026
1237
1 daqiqa o‘qiladi

Qora va rangli metall parcha-chiqindilarini tayyorlash litsenziyalanadi

2026 yil 15 yanvarda qabul qilingan qonun bilan qora va rangli metall parcha-chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish, shuningdek tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi uchun litsenziyalash tartibi joriy etilishi belgilandi.

Yangi qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Qo‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi faoliyat turlarini amalga oshirish litsenziya asosida yo‘lga qo‘yiladi:

  • qora metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
  • rangli metall parcha va chiqindilarini tayyorlash (xarid qilish), qayta ishlash hamda realizatsiya qilish;
  • tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi.

Shuningdek, mazkur faoliyat turlari uchun litsenziya olishda davlat boji miqdorlari ham belgilangan:

  • qora va rangli metall parcha-chiqindilarini tayyorlash, qayta ishlash va realizatsiya qilish — BHMning 10 baravari;
  • tabiiy gazning ulgurji va chakana savdosi — BHMning 30 baravari.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid