Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tog‘li tumanlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
Gidrometeorologiya xizmati agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 16–19 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi sabab respublika tog‘li hududlarining ayrim tumanlarida qor ko‘chishi xavfi yuzaga kelishi mumkin.
Gidrometeorologiya xizmati agentligi (O‘zgidromet) ogohlantirishicha, qor ko‘chishi xavfi quyidagi hududlarda kuzatilishi ehtimoli bor:
- Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
- Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
- Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
- Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
- Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
- Namangan viloyati: Pop tumani.
Shu munosabat bilan tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan xavfsizlik talablariga qat’iy rioya etish, ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘ralgan.
Mavzuga oid
12:35 / 03.07.2026
Shanba kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
08:49 / 30.06.2026
O‘zgidromet: iyul oyida O‘zbekistonda kuchli issiqlar kutilmoqda
15:36 / 29.06.2026