Jamiyat | 16:45
2075
1 daqiqa o‘qiladi

Dori vositasini retsepsiz sotgan farmatsevt qo‘lga olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp tumani bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda dorixona farmatsevti “Omeprazol” dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan paytda ushlandi. Tergovga qadar tekshiruvda esa retsept asosida berilishi lozim bo‘lgan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud dori vositalarining kamomadi ham qayd etildi.

Ma’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida “X.D.D.” MChJga qarashli dorixona farmatsevti G.X. fuqaro O.A.ga “Omeprazol” dori vositasini shifokor retseptisiz sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv jarayonida dorixona mudirining moddiy javobgarligida bo‘lgan, qat’iy hisobda turadigan va bemorlarga retsept asosida berish uchun qabul qilib olingan 10 turdagi jami 2 846 dona tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar mavjud dori vositalarining kamomadi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 271-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni qonunga xilof ravishda egallash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid