Jamiyat | 08:50
2181
1 daqiqa o‘qiladi

Miroboddagi kafe oldida ikki ayol o‘rtasida janjal yuz berdi

15 yanvar kuni kechasi Mirobod tumanining Amir Temur ko‘chasida joylashgan kafelardan biri oldida ikki ayol o‘rtasida tortishuv va janjal kuzatilgan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki nafar ayol o‘rtasida janjal kelib chiqqanini aks ettiruvchi video tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Ushbu holat bo‘yicha ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 15 yanvar kuni taxminan soat 23:55 da Mirobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan kafelardan birining oldida 2000 yilda tug‘ilgan M.N. hamda 1992 yilda tug‘ilgan I.G. o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. Tomonlar o‘zaro janjallashib ketgan.

Qayd etilishicha, janjal natijasida hech kim tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Mavzuga oid