O‘zbekiston | 08:50
516
2 daqiqa o‘qiladi

Iste’molchilarning asosiy huquqlari: qonun nimani kafolatlaydi?

O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq, har bir iste’molchi tovar va xizmatlardan foydalanishda o‘z huquqlarining himoya qilinishini talab qilish huquqiga ega. 

Foto: Getty Images

Qonun iste’molchilarga sifatli mahsulot tanlash, xavfsizlik, to‘liq ma’lumot olish hamda yetkazilgan zararni qoplatish kabi muhim kafolatlarni beradi.

Qonunchilikka ko‘ra, iste’molchilar quyidagi huquqlarga ega:

— tovar (ish, xizmat) haqida, shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish;
— tovar (ish, xizmat)ni erkin tanlash va uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi;
— tovar (ish, xizmat)ning xavfsiz bo‘lishi;
— hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon va ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi;
— buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga yoki boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish;
— iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish.

Ushbu huquqlarni bilish har bir fuqaroga o‘z manfaatlarini samarali himoya qilish imkonini beradi.

Mavzuga oid