O‘zbekiston | 14:25
970
2 daqiqa o‘qiladi

Telekom xizmatlari geografiyasi: hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar ochiqlandi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar–noyabr oylarida O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlari hajmi 22,6 trln so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga oshgan. Shu bilan birga, aloqa va axborotlashtirish xizmatlari umumiy hajmida telekommunikatsiya xizmatlarining ulushi 32 foiz bo‘lgani qayd etildi.

Foto: Kun.uz 

Hududlar kesimidagi raqamlar telekom xizmatlarida asosiy ulush katta aholi va biznes faolligi yuqori bo‘lgan hududlarga to‘g‘ri kelayotganini ko‘rsatadi. Xususan, Toshkent shahri telekommunikatsiya xizmatlari hajmi bo‘yicha yetakchi hudud sifatida qayd etilgan.

Hududlar kesimida telekommunikatsiya xizmatlari hajmi (2025 yil yanvar–noyabr):

  • Toshkent shahri — 9 486,3 mlrd so‘m;
  • Qoraqalpog‘iston Resp. — 845,7 mlrd so‘m;
  • Andijon viloyati — 1 306,9 mlrd so‘m;
  • Buxoro viloyati — 907,3 mlrd so‘m;
  • Jizzax viloyati — 530,3 mlrd so‘m;
  • Qashqadaryo viloyati — 1 163,4 mlrd so‘m;
  • Navoiy viloyati — 555,7 mlrd so‘m;
  • Namangan viloyati — 1 144,9 mlrd so‘m;
  • Samarqand viloyati — 1 638,8 mlrd so‘m;
  • Surxondaryo viloyati — 913,5 mlrd so‘m;
  • Sirdaryo viloyati — 419,4 mlrd so‘m;
  • Toshkent viloyati — 1 207,1 mlrd so‘m;
  • Farg‘ona viloyati — 1 636,9 mlrd so‘m;
  • Xorazm viloyati — 836,7 mlrd so‘m.

Qayd etilishicha, hududlar kesimidagi ko‘rsatkichlar telekom infratuzilmasi qamrovi, aholi soni, xizmatlarga talab hamda biznes faolligi bilan bog‘liq holda shakllanadi.

Mavzuga oid