O‘zbekiston | 11:52
1012
1 daqiqa o‘qiladi

Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

2026 yil 21–26 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik va havo harorati o‘zgarishi sababli O‘zbekistonning ayrim tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi yuzaga kelishi mumkin. Fuqarolar, dam oluvchilar hamda tog‘ yo‘llarida harakatlanuvchi haydovchilar ehtiyotkorlikka chaqirildi.

Foto: Kun.uz 

Tezkor gidrometeorologik axborotga ko‘ra, qor ko‘chish xavfi quyidagi hududlarda e’lon qilindi:

  • Qashqadaryo viloyati: Dehqonobod, Kitob, Qamashi, Shahrisabz tumanlari;
  • Surxondaryo viloyati: Boysun, Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun tumanlari;
  • Samarqand viloyati: Nurobod, Qo‘shrabot, Samarqand, Urgut tumanlari;
  • Jizzax viloyati: Baxmal, Zomin tumanlari;
  • Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Parkent, Ohangaron tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);
  • Namangan viloyati: Pop tumani.

Tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam oluvchilar va ushbu yo‘nalishlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raladi.

Mavzuga oid