Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qayta tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxatiga o‘zgartirish kiritiladi
Kasbiy ta’lim agentligi tizimiga o‘tkazish orqali qayta tashkil etiladigan texnikumlar ro‘yxatiga bir qator o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Loyihada ayrim pozitsiyalar bo‘yicha “Yangi tashkil etilayotgan texnikumlar nomi” ustuni tahrirlanadi.
Loyihaga muvofiq, ro‘yxatning 11-pozitsiyasidagi texnikum nomi “Bo‘zatov tuman 2-son texnikumi” deb belgilanishi nazarda tutilgan. Shuningdek, 56-pozitsiyada “Andijon pedagogika texnikumi”, 59-pozitsiyada esa “Andijon ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi” nomi keltirilmoqda.
Bundan tashqari, 156-pozitsiya “Jizzax ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi”, 174-pozitsiya “Sharof Rashidov tuman 3-son texnikumi” deb o‘zgartirilishi taklif qilingan. 295-pozitsiyada “Namangan ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi”, 303-pozitsiyada “Uchqo‘rg‘on tuman 4-son texnikumi” nomi qayd etilgan.
Loyihada Sirdaryo viloyati bo‘yicha ham o‘zgartishlar nazarda tutilgan: 381-pozitsiya “Sirdaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi”, 395-pozitsiya esa “Sirdaryo tuman 1-son texnikumi” sifatida ko‘rsatilmoqda.
Surxondaryo viloyatida 429-pozitsiya “Muzrabot tuman 1-son texnikumi”, 437-pozitsiya “Surxondaryo ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi” deb tahrirlanishi mumkin.
Farg‘ona viloyati bo‘yicha 571-pozitsiya yangi tahrirda keltirilib, “Farg‘ona soliq texnikumi” o‘rniga “Farg‘ona ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi” nomi ko‘rsatilmoqda (quvvati — 450). Shuningdek, 576-pozitsiyadagi texnikum nomi “Farg‘ona shahar 5-son texnikumi” deb belgilanishi taklif qilingan.
Mavzuga oid
09:20 / 27.05.2026
Toshkentdan Qoraqalpog‘istongacha “yashil” texnikumlar tashkil etiladi
11:44 / 30.03.2026
O‘zbekistonda 14 ta “yashil” texnikum ochiladi
18:59 / 06.03.2026
Ehtiyojmand oilalardagi ayollar uchun davlat granti kvotasi 2 barobar oshiriladi
10:03 / 12.02.2026