Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: «Men diktatorman. Ammo ba’zida diktator ham kerak»
AQSh prezidenti Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida qilgan nutqida Grenlandiya ustidan nazoratni qaytarish haqidagi gaplari uchun yaxshi fikrlar olganini ma’lum qildi.
«Yaxshi nutq bo‘ldi. Biz ajoyib fidbeklar oldik. Ishongim kelmayapti. Biz yaxshi fidbeklar oldik. Odatda bunday nutqdan keyin „u qo‘rqinchli diktator“ deyishadi. Ha, men diktatorman. Lekin ba’zida diktator ham kerak bo‘ladi. Ammo bu holatda ular bunday deyishmadi. Va bu endi sog‘lom fikr. Barchasi sog‘lom fikrga asoslangan», – dedi Tramp 21 yanvar kuni jurnalistlar qarshisida chiqish qilar ekan.
Trump: "Usually they say, 'he's a horrible dictator-type person.' But sometimes you need a dictator." pic.twitter.com/Mi11DZx0u3
— Aaron Rupar (@atrupar) January 21, 2026
Davosdagi nutqida Donald Tramp Daniya avtonom hududi hisoblangan Grenlandiyani Shimoliy Amerikaning bir qismi deb atadi. U dunyoning eng katta orolini tashqi hujumdan faqat AQSh himoya qila olishini ta’kidlab, Grenlandiyaga egalik huquqini Qo‘shma Shtatlarga topshirishni talab qildi.
Forumdagi chiqishidan keyin Tramp NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuv o‘tkazdi, muzokaralardan keyin NATO bilan Grenlandiya masalasidagi kelishuv jihatlari bo‘yicha kelishib olganini aytdi.
Donald Tramp bir yil muqaddam, 2025 yil 21 yanvarda prezidentlikka qaytgan kunida o‘zini diktator deb hisoblamasligini aytgandi. «Meni shunday deb atashlarini tasavvur ham qila olmayman», – degandi u. Shundan so‘ng Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni «diktator» deb atadi, shu bilan birga bu atamani RF prezidenti Vladimir Putinga nisbatan qo‘llashdan bosh tortdi. «Men bu so‘zni ishlatishda yengiltaklik qilmayman», – degandi Tramp 2025 yil fevralida.