Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhofaza etiladigan hududlarda ozuqa nuqtalari tashkil etilmoqda
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda biotexnik tadbirlar doimiy amalga oshirilib, kunlar keskin sovigan paytlarda bu ishlar yanada jadallashtirilmoqda.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tasarrufidagi barcha muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda yovvoyi tabiat vakillarining sovuqda ozuqa topishini osonlashtirish maqsadida biotexnik tadbirlar davom ettirilmoqda. Qo‘mita ma’lum qilishicha, havo harorati keskin pasaygan kunlarda mazkur tadbirlar yanada kuchaytiriladi.
Xususan, Yuqori To‘palang milliy tabiat bog‘ining Zavar va Tamshush bo‘limlarida qalin qor yog‘ishi sabab yovvoyi hayvonlar uchun ozuqa topish qiyinlashgan. Shu munosabat bilan hududning belgilangan nuqtalarida turli ozuqa mahsulotlari — dag‘al xashak, arpa va kepak qo‘yib chiqilmoqda.
Qayd etilishicha, ozuqa joylari ekologik talablarga muvofiq tashkil etilib, hayvonot dunyosining qish mavsumini talafotsiz o‘tkazishiga xizmat qiladi.



Mavzuga oid
16:48 / 24.02.2026
O‘zbekistonda sun’iy yomg‘ir yog‘dirish bo‘yicha tajriba loyihasi yaratiladi
18:56 / 22.02.2026
Toshkentda mehmonxona qurish uchun 12 tup qimmatbaho daraxt kesib tashlandi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
08:18 / 09.02.2026