Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi
Adliya vazirligida “Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Hujjatga ko‘ra, axborot xizmati rahbarlari har 3 yilda bir marta attestatsiyadan o‘tadi.
“Davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmati rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazish hamda ularning faoliyat samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risida”gi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Nizomga ko‘ra, talabgor Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazida har 3 yilda 1 marotaba attestatsiyadan o‘tishi shart. Talabgorlarni attestatsiyadan o‘tkazish uchun Markaz direktorining buyrug‘i bilan kamida 7 kishidan iborat Attestatsiya komissiyasi tuziladi.
Komissiya attestatsiyadan o‘tish muddati kelgan talabgorlar ro‘yxatini taqdim etish bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlariga murojaat qiladi. Talabgorlarning anketa ma’lumotlari 10 kun ichida atroflicha o‘rganib chiqilib, attestatsiyadan o‘tadigan talabgorlar ro‘yxati tasdiqlanadi.
Attestatsiya 2 oy ichida o‘tkazilishi belgilangan. Attestatsiya 5 ta savol hamda amaliy sinovlardan iborat og‘zaki suhbat shaklida o‘tkaziladi. Suhbat natijalari 5 ballik tizimda baholanadi.
Kamida 4 ball olgan talabgor attestatsiyadan o‘tgan deb topiladi va unga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
Mavzuga oid
10:40 / 18.03.2026
Navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘ta olmagan pedagoglar ishdan bo‘shatilmaydi
19:25 / 02.03.2026
Vazirlik attestatsiya testida xatolik bo‘lganini tan oldi
19:21 / 20.11.2025
Namanganda ta’lim tizimi mansabdorlari tashkil etgan «bunker» fosh etildi
10:21 / 24.06.2025