O‘zbekiston | 19:42 / 24.01.2026
2602
1 daqiqa o‘qiladi

Qator hududlarda “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi

“Kasblar shaharchalari”ning asosiy vazifalari maktab o‘quvchilarini qurilish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi.

Foto: Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

2026/2027 o‘quv yilidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand va Farg‘ona viloyatlaridagi ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida “Kasblar shaharchalari” tashkil etiladi.

“Kasblar shaharchalari”ning asosiy vazifalari maktab o‘quvchilarini qurilish, xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishdan iborat bo‘ladi.

“Kasblar shaharchalari”da maktab o‘quvchilari uchun ekskursiyalar tashkil etilib, amaliy harakatlar orqali kasblar bilan tanishish imkoniyati yaratiladi.

O‘quvchilarda muayyan kasbga qiziqish moyilligini test va boshqa zamonaviy interfaol usullar orqali aniqlash amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid