Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoro shahrida ham avtobuslarda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi
1 fevraldan boshlab Buxoro shahridagi bir qator yo‘nalishlarda yo‘lkirani to‘lashda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi. 1 apreldan boshlab esa butun shahar bo‘ylab to‘lovlar faqat elektron tarzda qabul qilinadi.
Buxoro shahrida ham avtobuslarda yo‘l haqini to‘lashda naqd pulsiz to‘lov tizimi joriy etiladi. Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori qabul qilindi.
Birinchi bosqichda 1 fevraldan quyidagi yo‘nalishlarda yo‘lkirani to‘lashda naqd pul qabul qilish to‘xtatiladi:
- 2-sonli Buxoro AShB-Sitora bozor;
- 5-sonli F. Xo‘jayev MFY-To‘qimachi bosh bekati;
- 10-sonli Alpomish ko‘chasi-Shayxon MFY;
- 17B-sonli Chorbakr bosh bekati-aeroport;
- 19-sonli Karvon bozori-Karvon shopping;
- 33-sonli trikotaj fabrikasi-Mohi Xosa sanatoriysi;
- 1-sonli Buxoro AShB-Zarmanoq.
1 apreldan boshlab esa qolgan harakatdagi yo‘nalishlarda ham to‘lovlar faqat elektron tarzda qabul qilinadi.
Buxoro shahar hokimligi 1 oy muddatda shahardagi barcha avtobus bekatlarini elektron chipta sotishning o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatuvchi avtomatlashtirilgan infokiosklarni shahardagi barcha avtobus yo‘nalishlari hamda bekatlariga bosqichma-bosqich o‘rnatish choralarini ko‘rishi kerak.
Ayni paytda shahardagi jamoat transportida yo‘lkira haqi bir yo‘lovchi uchun 3 ming so‘mni tashkil etadi. ATTO orqali to‘langanda bu miqdor 2 ming so‘m.
Mavzuga oid
21:03 / 06.06.2026
Toshkentda avtobus orqaga yurayotgan payti piyodani bosib ketdi
08:39 / 03.06.2026
Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:54 / 26.05.2026