Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Myanmada harbiy xunta tashkil etgan saylovlar yakunlandi
Faqat armiya nazoratidagi hududlarda Myanmada davlat to‘ntarishidan keyin ilk parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. BMT va YeI tanqidlariga qaramay, harbiy xunta urush og‘ushidagi mamlakatda ovoz berish orqali o‘z hokimiyatini mustahkamlashni ko‘zlamoqda.
Fuqarolik urushi tufayli qattiq parokanda bo‘lgan Myanmada yakshanba, 25 yanvar kuni harbiy xunta tashkil etgan parlament saylovlarida ovoz berish yakunlandi. AFP qayd etishicha, harbiylarga yaqin bo‘lgan “Ittifoqning birdamligi va taraqqiyoti partiyasi”ning (USDP) g‘alabasi deyarli kafolatlangan deb hisoblanadi. Kuzatuvchilar bu saylovlarni avvalroq “soxtalik” deb atagan — ularning maqsadi mamlakatda amaldagi hokimiyatni qonuniylashtirish, deyiladi.
“Bu saylov natijalarini ma’qullaydigan davlatlar xuntaning soxta saylovlar orqali harbiy hukmronlikni legitimlashtirish urinishiga sherikka aylanadi”, — dedi juma kuni BMTning inson huquqlari bo‘yicha eksperti Tom Endryus. Saylovlar Yevroittifoq tomonidan ham tanqid qilindi. YeI vakili DW bilan suhbatda shunday dedi: “YeIning fikricha, davom etayotgan zo‘ravonlik, asosiy erkinliklarning cheklanishi, ommaviy qamoqqa olishlar, asosiy siyosiy arboblarning chetlatilishi va qurolli to‘qnashuv shunday muhit yaratdiki, bunday sharoitda saylovlar erkin, adolatli, barchani qamrab olgan va ishonchli bo‘la olmaydi”.
Myanmada to‘ntarishdan keyingi ilk saylovlar bir oy davom etdi va armiya nazoratidagi hududlarda uch bosqichda o‘tkazildi. Xuntaga qarshi qurollangan isyonchilar nazoratida bo‘lgan katta hududlarda ovoz berish umuman o‘tkazilmadi.
Myanmada 2021 yil fevral oyida harbiy to‘ntarish sodir bo‘ldi. Mamlakat rahbarlari, jumladan davlat maslahatchisi Aun San Su Chji va prezident Vin Min hibsga olindi. Hokimiyat qurolli kuchlar oliy bosh qo‘mondoni Min Aun Xlayn va harbiy tuzilmalar qo‘liga o‘tdi.
Generallar to‘ntarishni 2020 yilgi saylovlarda go‘yoki qonunbuzarliklar bo‘lgani bilan izohlagan. O‘sha saylovlarda Nobel tinchlik mukofoti sohibi Aun San Su Chjining “Demokratiya uchun milliy liga” partiyasi katta ustunlik bilan g‘alaba qozongan edi. Ammo harbiylar bu qonunbuzarliklarga doir dalillarni haligacha taqdim etmagan.
Aun San Su Chji bir qator ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, qamoqqa olingan. 2024 yil aprel oyida uni uy qamog‘iga o‘tkazishgan.
2025 yil iyul oyida rasman favqulodda holat rejimi tugagani e’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda mamlakatda hokimiyat hali ham harbiylar nazoratida qolmoqda.
Mavzuga oid
22:04 / 31.05.2026
Myanmada binoda yuz bergan portlash oqibatida 46 kishi halok bo‘ldi
10:39 / 24.04.2026
Dunyodagi opiy va geroin eng ko‘p tayyorlanadigan joy - giyohvand moddalar makoni bo‘lgan Oltin uchburchak
10:26 / 04.04.2026
Myanma harbiy xuntasi rahbari prezident etib saylandi
09:07 / 31.03.2026