Iqtisodiyot | 09:40
689
2 daqiqa o‘qiladi

Biznes-ombudsman: mahalliy hokimiyatning 220 ta noqonuniy qarori bekor qilindi

Biznes-ombudsman devoni axborot xizmati rahbari Guljamol Shukurova tomonidan 2025 yilda tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Foto: Shutterstock

Brifingda qayd etilishicha, ko‘rilgan ta’sir choralari natijasida tadbirkorlar manfaati uchun salmoqli iqtisodiy natijalarga erishilgan. Jumladan, tadbirkorlarga 10 mlrd so‘m mablag‘ qaytarilgan, 16 mlrd so‘mlik qarzdorlik bekor qilingan hamda 40,1 mlrd so‘m subsidiya ajratilishi ta’minlangan. Shuningdek, mahalliy hokimiyat organlarining 220 ta noqonuniy qarori bekor qilingani ma’lum qilindi.

Tekshiruvlar bo‘yicha nazorat ham kuchaytirilgan: 148 mingdan ortiq tekshiruv muvofiqlashtirilib, 10 mingga yaqin qonunbuzilish holatlari aniqlangan. Natijada 1072 nafar mansabdor shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilgan, 103 ta holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atish uchun tegishli hujjatlar taqdim etilgan.

Shu bilan birga, nazorat organlari faoliyatida ham tizimli o‘zgarishlar amalga oshirilgani ta’kidlandi. Xususan, nazorat organlarining 8682 nafar xodimi attestatsiyadan o‘tkazilib, ularning 76 foizi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan. Bundan tashqari, yil davomida 900 ga yaqin normativ-huquqiy hujjat ekspertizadan o‘tkazilib, tadbirkorlik muhitini yaxshilashga qaratilgan takliflar kiritilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid