Iqtisodiyot | 09:13
2714
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston Rossiya ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi

Qirg‘iziston Rossiya migrantlar bo‘yicha kelishuvni bajarmagani sababli YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bunga asos sifatida Rossiya tomoni mehnat muhojirlarining oila a’zolariga majburiy tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortayotgani keltirilyapti.

Foto: gov.kg

Qirg‘iziston Rossiya migrantlar bo‘yicha kelishuvni bajarmagani uchun uning ustidan YeOII sudiga da’vo arizasi kiritdi. Bu haqda mamlakat parlamentining mehnat, sog‘liqni saqlash, ayollar masalalari va ijtimoiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida Majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasi raisi Azamat Mukanov ma’lum qildi, deya xabar berdi 24.kg.

Qo‘mita a’zolari Rossiyada mehnat muhojirlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlar qanday ketayotgani bilan qiziqqan. Mukanovning ta’kidlashicha, YeOIIning beshta davlati o‘rtasida mehnat muhojirlari bo‘yicha kelishuv bor.

«Rossiya tomoni bugungi kunda ushbu shartnomaning 96-97-moddalarini buzib, mehnat muhojirlarining oila a’zolariga majburiy tibbiy yordam ko‘rsatishdan bosh tortmoqda. Qirg‘iziston YeOII sudiga murojaat qildi, qaror ikki haftadan keyin chiqariladi. Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Qirg‘izistonga kelganida biz ham bu masalani ko‘targan edik», - dedi u.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров

Mavzuga oid