Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida kuchli dorilar noqonuniy savdosi fosh etildi
Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosi bilan shug‘ullangan ikki nafar shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yuqori Chirchiq tumani bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari noqonuniy savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxs ushlandi. Ma’lum bo‘lishicha, F.M. fuqaro M.X.ga 100 dona “Galara” nomli dori vositasini 4 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Shuningdek, Departamentning O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ham xuddi shunday holat aniqlangan. Unda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan X.X. (muqaddam sudlangan) tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalari mavjud bo‘lgan 10 dona “Regapen” nomli dori vositasini fuqaroga 1 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
11:22 / 07.03.2026
Angrenda daydi itlar hujumi oqibatida 8 yoshli bola halok bo‘ldi
15:46 / 06.03.2026
Qibrayda taqiqlangan dori vositalari savdosiga chek qo‘yildi
14:46 / 06.03.2026