Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Autodonorlik tartibi tasdiqlandi: donor qoni zaruratda donorning o‘ziga ishlatiladi
Adliya vazirligi donor qoni va uning tarkibiy qismlarini zarurat bo‘lganda donorning o‘ziga ishlatilishini ko‘zlab topshirish (autodonorlik) tartibi haqidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Nizomga ko‘ra, autodonorlik muayyan holatlarda, yozma rozilik asosida va bepul amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi “Donor qoni va uning tarkibiy qismlarini zarurat bo‘lganda, donorning o‘ziga ishlatilishini ko‘zlab topshirish (autodonorlik) tartibi” haqidagi nizomni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Hujjat 3763-son bilan 2026 yil 28 yanvar kuni ro‘yxatdan o‘tgan.
Nizomga muvofiq, autodonorlik quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
- donorga allogen qon (begona qon) quyish imkoni mavjud bo‘lmasa;
- donorning qon guruhi kam uchraydigan bo‘lsa;
- donor yoki uning qonuniy vakili allogen qon quyishni rad etsa.
Qayd etilishicha, autodonorlik donorning jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tibbiyot muassasasida donor (yoki qonuniy vakil)ning yozma roziligi asosida bepul amalga oshiriladi. Autodonorlikdan oldin donor qoni laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tkaziladi.
Nizomda autodonorlikni amalga oshirishning quyidagi davrlari belgilangan:
- jarrohlik amaliyotidan oldin — ko‘pi bilan 30 kun oldin;
- jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik jarayonida — 1–2 soat oldin;
- jarrohlik amaliyoti davomida — yozma rozilik oldindan olingan bo‘lsa.
Shu bilan birga, donorda:
- OIV (OITS) infeksiyasi,
- V yoki S gepatiti virus markerlari,
- zaxm kasalligi,
- yoki gematokrit 25 foizdan kam ekani aniqlansa, autodonorlikka yo‘l qo‘yilmaydi.
Mavzuga oid
18:58 / 06.05.2026
Fuqarolarni yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi belgilandi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
18:34 / 09.04.2026
Soliq nazorati tadbiri videotasvirga olinadi
11:17 / 06.04.2026