Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz» - Timur Ishmetov
Markaziy bank raisi Temur Ishmetov Paynet Xolis orqali maxsus QR-kod joriy etilishi atrofidagi vaziyatga izoh berdi. «Bitta yoki ikkita tashkilot bu ishni amalga oshirishi bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Boshqa to‘lovlarni amalga oshiruvchilar ham o‘zining infrastrukturasidan kelib chiqib bu ishni qilishi mumkin», dedi u.
Foto: Kun.uz
1 yanvardan boshlab O‘zbekistonda yakka tartibdagi tadbirkorlar (YaTT) va o‘zini o‘zi band qilganlar uchun ularning faoliyatini raqamlashtirish orqali soddalashtirishni nazarda tutuvchi maxsus huquqiy rejim joriy etildi. Kun.uz muxbiri «QR-kodni hozircha faqat bitta ilovada rasmiylashtirish mumkin, bu yangi monopoliya paydo bo‘lganini anglatmaydimi?» degan savol bilan Markaziy bank rasmiylariga yuzlandi.
Regulyator rahbarining ta’kidlashicha, bitta yoki ikkita tashkilotga bu bo‘yicha alohida huquq berilmagan, boshqa to‘lov tashkilotlari ham imkoniyatdan foydalanishi mumkin.
«Biz moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishda monopoliya tarafdori emasmiz. Fintex startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bizga yuklatilgan vazifa ham shundan iboratki, ularning sonini ko‘paytirish hamda ko‘rsatayotgan xizmatlari turini oshirish. Shu sababli xizmat ko‘rsatuvchi startaplarni oshirish tarafdorimiz. Bitta yoki ikkita tashkilot bu ishni amalga oshirishi bo‘yicha qaror qabul qilinmagan. Boshqa to‘lovlarni amalga oshiruvchi tashkilotlar ham o‘zining infrastrukturasidan kelib chiqib bu ishni qilishi mumkin. Biz yordam berishga tayyormiz», dedi Timur Ishmetov.
Mavzuga oid
11:11
O‘zbekistonda 5 grammli oltin quymasining narxi 10,8 million so‘mdan oshdi
21:51 / 28.01.2026
Yangi Bank'ni sotish masalasi ham ko‘rilgan, lekin investor topilmagan - Ishmetov
11:27 / 28.01.2026
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi
11:23 / 26.01.2026