Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Turkiyaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan Turkiyaga jo‘nab ketdi. Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining to‘rtinchi yig‘ilishini o‘tkazadi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Anqarada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston—Turkiya munosabatlarini yanada rivojlantirish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalarni muhokama qilish rejalashtirilgan.
Shuningdek, tashrif dasturiga muvofiq, davlat rahbari bir qator gumanitar tadbirlarda ishtirok etishi nazarda tutilgan. Ushbu uchrashuvlar va tadbirlar ikki mamlakat o‘rtasidagi madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda.
Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashi yig‘ilishi O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqish, amaliy hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytirish va o‘zaro munosabatlar dinamikasini izchil ta’minlash nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
09:17
O‘zbekiston mudofaa doktrinasi qayta ko‘rib chiqiladi
20:52 / 28.01.2026
“U yaxshi niyatining qurboni bo‘ldi” - Durdona Hakimova fojiasi haqida
12:45 / 28.01.2026
“Credit House” va “In Fin Stroy Invest” uy sotish sharti bilan fuqarolarga 490 mlrd so‘m zarar yetkazgan – prezident
10:28 / 28.01.2026