Iqtisodiyot | 15:58
1467
2 daqiqa o‘qiladi

Apple, Meta, Google. IT gigantlari O‘zbekistonda qancha soliq to‘layapti?

2025 yilda O‘zbekistonda Apple 49,5 mlrd so‘m, Meta korporatsiyasi (Facebook, Instagram, WhatsApp egasi) 49 mlrd so‘m, Google 44,4 mlrd so‘m soliq to‘ladi. 

O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 78 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2025 yilda 181,3 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50 foizga ko‘p, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.

Eng ko‘p soliq Apple tomonidan to‘langan – 49,5 milliard so‘m.

To‘langan soliqlarning 90 foizdan ko‘proq qismi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga to‘g‘ri keladi:

  • Apple – 49,5 mlrd so‘m;
  • Meta – 49 mlrd so‘m;
  • Google – 44,4 mlrd so‘m;
  • OpenAI – 11,7 mlrd so‘m;
  • Vooking.com – 4,3 mlrd so‘m;
  • Tik-Tok – 3,5 mlrd so‘m;
  • Netflix – 1,8 mlrd so‘m;
  • Assa – 1,6 mlrd so‘m;
  • Xsolla – 786 mln so‘m;
  • Amazon – 530 mln so‘m.

Ma’lumot uchun, 2025 yilda O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar ro‘yxatidan 8 ta kompaniya chiqarilib, 23 ta kompaniya qo‘shilgan.

Достон Аҳроров
Tayyorlagan Достон Аҳроров

Mavzuga oid