Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona shahriga Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi
Farg‘ona shahriga Xitoyda ishlab chiqarilgan YUTONG rusumli 24 dona avtobuslar olib kelindi. Bundan tashqari yil yakuniga qadar yana 84 dona avtobus sotib olib kelinishi rejalashtirilgan.
Foto: Farg‘ona viloyati hokimligi
Farg‘ona shahriga Xitoydan 24 ta avtobus olib kelindi, deya xabar bermoqda viloyat Transport boshqarmasi.
«Vodiy Imkon Trans UBD tomonidan yana qo‘shimcha ravishda Xitoy davlatida ishlab chiqarilgan YUTONG rusumli 24 dona zamonaviy avtobuslar olib kelindi. Mazkur avtobuslar tez kunlarda shahar aholisi uchun yo‘nalishlarga joylashtiriladi», deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 2024−2025 yillar davomida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi to‘rtta korxona tomonidan Asia Star, Yutong va Zhongtong rusumli jami 124 ta avtobus xarid qilingan. Ushbu transport vositalari brutto shartnomasi asosida 10 ta yo‘nalishda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelyapti.
Bundan tashqari yil yakuniga qadar tashuvchi korxonalar tomonidan qo‘shimcha 84 dona avtobussotib olib kelinishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
09:29
Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus piyodani urib yubordi
11:36 / 25.03.2026
Nurafshon va Bektemirni bog‘lovchi tezyurar avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
12:52 / 19.03.2026
23 martdan Toshkent - Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi
23:31 / 18.03.2026