Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston diplomatlari Koreyada jazo o‘tayotgan fuqarolar bilan uchrashdi
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Janubiy Koreyaning Chonan shahridagi jazoni o‘tash muassasasida bo‘lib, u yerda jazo muddatini o‘tayotgan va gumonlanib ushlab turilgan o‘zbekistonliklar bilan uchrashdi. Tashrif davomida ularning yashash sharoitlari o‘rganilib, huquqiy maslahatlar berildi.
O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari Janubiy Koreyaning Chonan shahrida joylashgan jazoni o‘tash muassasasiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Tashrif davomida mazkur muassasada jazo muddatini o‘tayotgan hamda jinoyat sodir etganlikda gumonlanib ushlab turilgan O‘zbekiston fuqarolari bilan alohida suhbat o‘tkazildi.
Suhbat chog‘ida hamyurtlarning yashash va ovqatlanish sharoitlari, ularga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat, shuningdek muassasadagi madaniy-ma’rifiy muhit atroflicha o‘rganildi. Gumonlanuvchilarga huquqiy maslahatlar berilib, advokat yollash tartibi va zarur hollarda konsullik bo‘limiga murojaat qilish huquqlari tushuntirildi.
Diplomatlar muassasa kutubxonasiga O‘zbekistonda chop etilgan 30 dan ortiq gazeta, jurnal va badiiy-tarbiyaviy kitoblarni taqdim etdi. Shuningdek, muassasa mas’ul xodimi Sun Jong Guk bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va istaklar yetkazildi.
Elchixona vakillari muassasa rahbariyatidan hamyurtlarga nisbatan insoniy munosabatda bo‘lish, shu bilan birga ularning qonuniy talablarini ijro etishda amaliy yordam ko‘rsatishni so‘radi.
O‘z navbatida, jazo o‘tayotgan va ushlab turilgan fuqarolar ko‘rsatilayotgan huquqiy hamda ma’naviy ko‘mak uchun minnatdorlik bildirib, xorijda bo‘lishiga qaramay, davlat himoyasida ekanini chuqur his etayotganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bunday konsullik-huquqiy tadbirlar xorijda qiyin ahvolga tushib qolgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli ishlarning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Mavzuga oid
10:43 / 14.05.2026
400 ming dollarlik firibgarlik: Koreya ish vizasi bilan bog‘liq holat fosh etildi
10:44 / 23.04.2026
Koreyada vafot etgan o‘zbekistonlik qiz haqida rasmiy bayonot berildi
10:59 / 10.04.2026
O‘zbekistonliklar o‘qish uchun eng ko‘p Rossiya va Koreyaga ketmoqda
12:50 / 02.02.2026