Jamiyat | 10:21
646
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqand yetakchi: 2025 yilda nikohlar soni 267 mingdan oshdi

2025 yil davomida O‘zbekistonda FHDYo organlarida jami 267 131 ta nikoh rasman qayd etilgan. Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Samarqand viloyati hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Milliy statistika qo‘mitasi e’lon qilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025 yilda mamlakat bo‘ylab FHDYo organlarida 267 131 ta nikoh ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra, hududlar orasida Samarqand viloyati 31,7 mingta nikoh bilan yetakchilik qilgan.

Ikkinchi o‘rinni Farg‘ona viloyati (28,9 mingta) egallagan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyatida ham 28,9 mingta nikoh qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent shahri (23,1 mingta), Andijon viloyati (23 mingta) hamda Surxondaryo viloyati (22,8 mingta) qayd etilgan.

Nikohlar soni bo‘yicha keyingi ko‘rsatkichlar quyidagicha shakllangan: Namangan viloyati – 22 mingta, Toshkent viloyati – 19,1 mingta, Xorazm viloyati – 15,3 mingta, Buxoro viloyati – 14,9 mingta, Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 12,2 mingta, Jizzax viloyati – 11,1 mingta.

Eng past ko‘rsatkichlar esa Navoiy viloyatida (7,3 mingta) va Sirdaryo viloyatida (6,8 mingta) kuzatilgan.

Qayd etilishicha, ushbu ma’lumotlar 2025 yil davomida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYo) organlarida rasman ro‘yxatdan o‘tkazilgan nikohlar asosida shakllantirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid