Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Infografika: eng ko‘p osmono‘par binolarga ega davlatlar
Butun dunyo bo‘ylab doimiy ravishda yangi baland binolar qurilmoqda. Infografikada 2026 yilga kelib balandligi 150 metrdan va 200 metrdan yuqori bo‘lgan osmono‘par binolar eng ko‘p qurilgan davlatlar ko‘rsatilgan.
150 metrdan baland ilk osmono‘par binolardan biri Nyu-Yorkda 1913 yilda qurilgan. Woolworth Building binosining balandligi 241 metr bo‘lgan. O‘shandan buyon dunyoda undan ham baland, ba’zan esa bir necha barobar baland binolar qurildi.

Baland binolar soni bo‘yicha yetakchi — Xitoy. Matn tayyorlangan paytda 150 metrdan baland osmono‘par binolar soni 3638 taga yetgan.
AQSh — baland binolar qurilishi ilk boshlangan davlatlardan biri bo‘lsa-da, 2026 yilga kelib osmono‘par binolar soni bo‘yicha Xitoydan deyarli to‘rt baravar ortda qolmoqda. Matn tayyorlangan paytda mamlakatda 150 metrdan baland 930 ta osmono‘par bino qurilgan.
Birlashgan Arab Amirliklari yetakchi uchlikka kirgan. U yerda jami 345 ta osmono‘par bino qurilgan. Baland binolar soni bo‘yicha mamlakat Xitoy va AQShdan ortda qolsa-da, aynan BAAda dunyodagi eng baland osmono‘par bino joylashgan.
Yevropa davlatlari top-10ga kirmagan. Rossiya 150 metrdan baland 65 ta osmono‘par bino bilan 17-o‘rinni egallagan.
Maqola tayyorlash jarayonida mualliflar muntazam yangilanib turadigan CTBUH loyihasi ma’lumotlaridan foydalangan. Ushbu qaydnoma yozilgan vaqtga kelib, manba Xitoy va AQSh bo‘yicha osmono‘par binolar sonini yanada ko‘proq deb ko‘rsatgan — bu ma’lumotlar yangilangani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:41 / 24.10.2025
Saudiyaning yangi megaloyihasi: ulkan osmono‘par binolar majmuasi
19:57 / 08.02.2019
Tez orada qad ko‘taruvchi osmono‘par binolar
00:19 / 24.09.2017
Dubayda yong‘inlar tufayli baland binolar qoplamalari o‘zgartirilmoqda
17:22 / 06.10.2016