«Podşoh Salmon darvozalari» taxminan 12 million kvadrat metr maydonni egallaydi va Masjid-ul Haromga bevosita yaqin hududda joylaşadi. Loyihaning maqsadi — şahar infratuzilmasini rivojlantiriş, muqaddas masjidga taşrif qulayligini yaxşilaş va ziyoratçilar hamda şahar aholisiga xizmat körsatiş sifati va samaradorligini oşiriş.

Majmua turar joy, mehmonxona, savdo va madaniy zonalarni öz içiga oladi, aholi, ziyoratçi va sayyohlar uçun turli imkoniyatlarni taklif qiladi. Hududda bir vaqtning özida, binolar içida ham, oçiq maydonlarda ham namoz ado etadigan taxminan 900 ming kişini joylaştiriş imkoni yaratiladi.

«Podşoh Salmon darvozalari» mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirişga kuçli turtki berişi kutilmoqda: taxminlarga köra, 2036 yilga qadar loyiha 300 mingdan ortiq iş örni yaratadi va iqtisodiyotni diversifikatsiya qiliş hamda barqaror ösişga qaratilgan milliy strategiya — Vision 2030 maqsadlariga erişişga xizmat qiladi.

Loyihaning işga tuşirilişi Saudiya Arabistonining Makkani zamonaviy, jadal rivojlanayotgan, jahon darajasidagi şaharga aylantiriş yölidagi navbatdagi qadami bölib, şu bilan birga, uning ma’naviy va madaniy öziga xosligini asraşni ham közlaydi.

Loyiha ziyoratçilar sonining ösib borayotgan oqimini qöllab-quvvatlaş, yangi iş örinlarini yaratiş va Makkani an’ana hamda taraqqiyot uyğunligining ramziga aylantirişga qaratilgan.