Iqtisodiyot | 13:40
549
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent va Farg‘ona savdo xizmatlarida yuqori ko‘rsatkich qayd etdi

2025 yil yanvar–dekabr oylarida O‘zbekistonda savdo xizmatlari hajmi 187 trln so‘mni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2024 yilning mos davriga nisbatan 13,8 foizga oshgan.

Milliy statistika qo‘mitasi taqdim etgan ma’lumotlarga muvofiq, 2025 yilning yanvar–dekabr oylarida mamlakatda savdo xizmatlari hajmi 187 trln so‘mga teng bo‘ldi. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich 2024 yilning mos davri bilan solishtirganda 13,8 foizga o‘sgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelib, 68,3 trln so‘mni tashkil etdi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (17,4 trln so‘m) va Farg‘ona viloyati (14,1 trln so‘m) qayd etildi. Shuningdek, Samarqand viloyatida 12,8 trln so‘m, Namangan viloyatida 10,6 trln so‘m, Andijon viloyatida 10,3 trln so‘m, Qashqadaryo viloyatida 10,2 trln so‘m savdo xizmatlari ko‘rsatilgan.

Qolgan hududlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar quyidagicha: Buxoro viloyati — 9,4 trln so‘m, Surxondaryo viloyati — 9,2 trln so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 6,1 trln so‘m, Jizzax viloyati — 5,8 trln so‘m, Navoiy viloyati — 5,2 trln so‘m, Xorazm viloyati — 5,2 trln so‘m, Sirdaryo viloyati — 2,5 trln so‘m.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid