Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Metan zapravkalar faoliyatiga qo‘yilgan cheklovlar yumshatildi
O‘zbekistonning qator hududlarida metan zapravkalar 2 fevraldan boshlab soat 10:00 dan soat 16:00 gacha ishlaydi. Farg‘ona vodiysidagi shoxobchalar ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda belgilanadi. 20 yanvar kuni havo sovishi munosabati bilan zapravkalar faoliyatiga vaqtinchalik cheklov kiritilgan, natijada hududlarda jamoat transporti qatnovida jiddiy muammolar yuzaga kelgandi.
Foto: Kun.uz
2 fevraldan boshlab O‘zbekistonning qator hududlaridagi metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.
Farg‘ona vodiysida avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalarining (metan zapravkalar) ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib belgilanadi.
«Ijtimoiy soha obektlariga xizmat ko‘rsatuvchi maxsus texnika va jamoat transportlari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi», – deyiladi xabarda.
Cheklovlar yumshatilishi amalda kunlar isiyotgan vaqtga to‘g‘ri kelmoqda.
Eslatib o‘tamiz, energetika vazirligi havo harorati pasayishi munosabati bilan 20 yanvardan respublikada metan zapravkalari faoliyatiga cheklov kiritgandi. Ya’ni, amalda bunday yoqilg‘i quyish shoxobchalari yopilgandi. Natijada hududlarda jamoat transporti faoliyatida muammolar yuzaga kelgandi.
Mavzuga oid
19:36 / 16.01.2026
Sovuq kunlarda elektr va gaz ta’minotida cheklovlar bo‘lishi mumkin – vazirlik
22:41 / 07.01.2026
«Metan zapravkalar» faoliyatiga 8 yanvardan yana cheklovlar joriy qilindi
12:10 / 05.01.2026
Boysunda neft sizib chiqdi. Vazirlik vaziyat nazoratga olinganini ma’lum qildi
22:13 / 29.12.2025