O‘zbekiston | 10:50 / 03.02.2026
2157
1 daqiqa o‘qiladi

4–28 fevral kunlari ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkaziladi

2026 yilning 4–28 fevral kunlari ro‘yxatga olish tadbirining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi. Ushbu bosqichda ro‘yxatga oluvchilar - mahalla vakillari xonadonma-xonadon yurib, ma’lumotlarni planshet qurilmalari orqali elektron tizimga kiritadi.

Foto: stat.uz

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar registratorning shaxsiga shubha tug‘ilgan taqdirda undan xizmat beyjikini ko‘rsatishni talab qilishi lozim. Beyjikdagi QR-kod orqali registrator haqidagi ma’lumotlarni tekshirish mumkin bo‘lib, ushbu ma’lumotlar yagona bazaga kiritilgan bo‘ladi.

Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1851 qisqa raqami orqali faoliyat yuritayotgan kol-markazga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati ham mavjud.

Shuningdek, ayrim holatlarda birinchi bosqichda onlayn ro‘yxatdan o‘tib, sertifikat olgan fuqarolar xonadoniga ham registratorlar tashrif buyurishi mumkin. Bu, odatda, onlayn savolnomada ma’lumotlar xatolik yoki kamchiliklar bilan kiritilgani bilan izohlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid