Hukumat qarori bilan «Özbekiston Respublikasida aholi va qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Uşbu nizom Özbekistonda aholi va qişloq xöjaligini röyxatga olişga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş tartibini belgilaydi.
Röyxatga oliş 2026 yilning 15 yanvaridan 28 fevraliga qadar ötkaziladi, uning davomiyligi – 45 kun.
Respondentlarning şaxsga va qişloq xöjaligi faoliyatiga doir ma’lumotlarini töplaş jarayonida röyxatga oliş sanasidan keyingi özgarişlar hisobga olinmaydi.
Jumladan, röyxatga oliş savolnoma şakllari va boşqa röyxatga oliş hujjatlari 2026 yilning 15 yanvaridan keyin tuğilgan bolalarga nisbatan töldirilmaydi, biroq röyxatga oliş sanasidan keyin vafot etgan şaxslarga nisbatan töldiriladi.
Aholi soni va uning tarkibini hisoblaşda:
- bir yildan ortiq muddatda mamlakat hududida bölmagan Özbekiston Respublikasi fuqarolari;
- Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligida akkreditatsiya qilingan çet davlatlar doimiy vakolatxonalarining, xalqaro, hukumatlararo taşkilotlar va çet davlatlar hukumat taşkilotlari vakolatxonalarining xodimlari bölgan çet el fuqarolari hamda ularning oila a’zolari;
- Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalariga muvofiq diplomatik imtiyozlarga va immunitetga ega bölgan boşqa şaxslar hisobga olinmaydi.
Respondentlar özining (doimiy yoki vaqtinça) yaşaş joyi böyiça röyxatga olinadi. Bunda kunlik tungi dam olişining köproq qismini ötkazadigan uy (hovli), kvartira, yaşaş uçun foydalanilayotgan boşqa turar joy yoki noturar joy bino yaşaş joyi hisoblanadi.

















