Rasmiy ma’lumotlarga köra, röyxatga oliş quyidagi tartibda amalga oşiriladi:
🔹 15–31 yanvar — fuqarolar census.stat.uz platforma orqali onlayn tarzda röyxatdan ötadi;
🔹 4–28 fevral — maxsus tayyorgarlikdan ötgan xodimlar uyma-uy yurib, aholini va qişloq xöjaligiga doir ma’lumotlarni röyxatga oladi.
Tadbir doirasida aholining yoşi, ta’lim darajasi, bandlik holati, migratsiya jarayonlari, şuningdek, qişloq xöjaligida yerdan foydalaniş va çorvaçilik körsatkiçlari böyiça aniq ma’lumotlar töplanadi.
Mutasaddilar ta’kidlaşiça, barça töplangan ma’lumotlar maxfiy saqlanadi va faqat statistik maqsadlardagina qöllanadi. Röyxat savolnomasi 71 ta savoldan iborat bölib, unda aholining turmuş tarzi va qişloq xöjaligiga oid asosiy körsatkiçlar qamrab olingan.

















