Jamiyat | 10:49
2408
1 daqiqa o‘qiladi

Eronda og‘ir vaziyatga tushgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

O‘zbekiston elchixonasi diplomatlari ko‘magida Eron hududida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan fuqaro vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Foto: "Dunyo" AA

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston fuqarosi hujjatlar bilan bog‘liq muammolar va og‘ir moliyaviy ahvol tufayli mamlakatning diplomatik vakolatxonasiga murojaat qilgan.

Elchixona xodimlari zudlik bilan uning yurtga qaytarilishini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Xususan, Eron rasmiy idoralari bilan hamkorlikda xorijga chiqish vizasi rasmiylashtirildi.

Shuningdek, Eronning Zagros Air aviakompaniyasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Muzokaralar natijasida Tehron–Toshkent to‘g‘ridan to‘g‘ri reysi uchun aviachipta imtiyozli shartlarda sotib olindi.

Diplomatik vakolatxona tomonidan ko‘rsatilgan amaliy yordam tufayli fuqaro vatanga sog‘-omon qaytarildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid