Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlamentda mahalliy kengashlar vakolatlarini kuchaytirish taklifi ko‘rib chiqildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida mahalliy kengashlar faoliyatini takomillashtirish va ularning hududiy boshqaruvdagi rolini yanada oshirishga qaratilgan qonunchilik taklifi muhokama qilindi.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Taklifga muvofiq, xalq deputatlari mahalliy kengashi raisi o‘rinbosari institutini joriy etish nazarda tutilmoqda. Ushbu lavozim egasi bir vaqtning o‘zida kengash kotibiyati mudiri vazifasini bajaradi hamda kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish vakolatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, mahalliy kengashlar sessiyalari oralig‘ida tezkor masalalarni hal etish maqsadida kengash rayosati institutini joriy etish va uning ish faoliyati tartibini belgilash taklif etilmoqda.
Bundan tashqari, mahalliy kengashlarda deputatlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining ayrim muhim ijtimoiy masalalar yuzasidan axborotlarini eshitish bo‘yicha «Kengash soati» institutini joriy qilish ko‘zda tutilgan.
Mazkur qonunchilik taklifi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini yanada samarali tashkil etishga qaratilgan bo‘lib, majlisda ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilindi.
Mavzuga oid
21:07 / 13.01.2026
Bolaga ota ismini familiya sifatida berishga ruxsat etilishi mumkin
19:21 / 01.01.2026
Tuman hokimlari kengash raisi lavozimidan ketdi
09:00 / 28.12.2025
2026 yilgi rejalar, yangi gaz koni va budjetning yopiq muhokamasi - hafta dayjesti
13:29 / 25.12.2025