Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamrovi past hududlarda xususiy bog‘chalarga yangi imtiyozlar beriladi
4 fevral kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini takomillashtirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Unda qamrov darajasi past hududlarda xususiy bog‘chalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imtiyozlar muhokama qilindi.
Taqdim etilgan takliflarga ko‘ra, maktabgacha ta’lim bilan qamrovi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlar uchun qator qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.
Jumladan, maktab va bog‘chalar hududidagi bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar tashkil etilganda, ijara to‘lovlari 30 yilgacha undirilmaydi. Shuningdek, har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bog‘chalarida bir bolaga to‘g‘ri keladigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Ushbu tartib 2024 yildan tashkil etilgan nodavlat bog‘chalarga ham tatbiq etiladi.
Quvvati kamida 150 o‘rinli nodavlat bog‘chalar tashkil etilgan taqdirda, 7 yilgacha muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Shu bilan birga, tarbiyachilarga oylik ish haqi to‘lash xarajatlari davlat bog‘chalarida belgilangan me’yorlar asosida uch yil davomida qoplab beriladi. Har 30 nafar bolaga bir nafar tarbiyachi shtati hisoblanadi.
Bundan tashqari, 2030 yil 1 yanvarga qadar quvvati 150 o‘rindan kam bo‘lmagan nodavlat bog‘chalar tashkil etgan tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi bo‘yicha yengilliklar berish ham ko‘zda tutilgan.
Davlat rahbari takliflarni puxta ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali maktabgacha ta’lim qamrovini oshirish hamda sifatni ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:38 / 08.04.2026
Muddatli harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatni o‘tagan yoshlarga imtiyoz va kafolatlar beriladi
19:24 / 07.04.2026