Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya qo‘shinlari Donetsk viloyatidagi bozorni o‘qqa tutdi
Donetsk viloyatidagi Drujkovka shahrida Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida kamida 7 kishi halok bo‘ldi, yana 15 kishi yaralandi, deb ma’lum qildi Donetsk viloyati harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Vadim Filashkin. O‘qqa tutishdan shahar bozori ham zarar ko‘rgan.
Foto: Tommaso Fumagalli/ZUMA
Filashkinning aytishicha, 4 fevral, chorshanba kuni ertalab Rossiya qo‘shinlari odatda bu paytda odam gavjum bo‘ladigan shahar bozorini kassetali o‘q-dorilar bilan o‘qqa tutgan. Bundan tashqari, shaharga ikkita aviabomba bilan ham zarbalar berilgan.
Oqibatda uchta ko‘p qavatli uy va uchta xususiy uyda vayronagarchilik qayd etilgan, shuningdek sanoat hududiga ham zarar yetgan.
Filashkin halok bo‘lganlar 43 yoshdan 81 yoshgacha, yaralanganlar esa 50 yoshdan 72 yoshgacha ekanini aniqlashtirgan. Barcha jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Bu — navbatdagi qasddan sodir etilgan harbiy jinoyat va Rossiyaning ‘sulh’ haqidagi barcha bayonotlari hech narsaga arzimasligining yana bir isbotidir”, — deb yozdi Filashkin o‘zining Telegram-kanalida.
Mavzuga oid
15:20
Rossiya MSK: Davlat dumasiga saylovlar 20 sentabrda bo‘lib o‘tadi
13:03
Litva XJSdan Ukraina energetikasiga RF zarbalari bo‘yicha tergov o‘tkazishni so‘ramoqda
11:46
Rossiya 2026 yil boshidan beri Ukraina energetikasiga 217 ta hujum qilgan
10:18