Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston aholisi uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti ishga tushirildi
Tojikiston Markaziy Osiyoda bunday imkoniyatga ega ikkinchi davlat bo‘ldi. Avvalroq, Qozog‘iston aholisi mintaqada birinchi bo‘lib Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishni boshlagan edi.
Foto: Starlink
Starlink sun’iy yo‘ldosh interneti endi Tojikiston aholisi uchun ham mavjud. Bu haqda Ilon Maskning SpaceX korporatsiyasiga tegishli kompaniya ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.
«Tojikistonda Starlink yuqori tezlikdagi, past kechikishli internetdan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi!», deyiladi xabarda.
Standart tarifda Starlink internet narxi oyiga 1100 somoniyni (117,6 dollar) tashkil qiladi. O‘rnatish uskunalari 2700 somoniyga (288,6 dollar) tushadi.

Tojikiston hukumati huzuridagi aloqa xizmati Starlink Tajikistan kompaniyasi bilan litsenziya shartnomasini 2025 yil oktabr oyida imzolagan edi.
Starlink - dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan global sun’iy yo‘ldosh aloqa tizimi. Tarmoq dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropaning aksariyat mamlakatlari, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrikaning bir qismi va Osiyoda faoliyat yuritadi. Markaziy Osiyoda Starlink interneti ishlatilgan birinchi davlat Qozog‘iston bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:14 / 04.02.2026
Ilon Maskning boyligi 800 milliard dollardan oshdi – Forbes
18:01 / 04.02.2026
Rog‘un GES Amudaryo ekotizimlari tanazzulini yuz yilga uzaytiradi – ekologlar
16:02 / 04.02.2026
Parijda Ilon Maskning X kompaniyasi ofisida tintuv o‘tkazildi
15:26 / 03.02.2026