Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta oxirida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmayapti
Dam olish kunlari O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi –2…+5, kunduzi +7…+15 daraja atrofida bo‘ladi. Joylarda shamol kuchayib, tuman tushishi mumkin.
Foto: Kun.uz
Bugun kunning birinchi yarmida O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, faqat shimoliy hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi +1...+6 daraja, shimolda –2...–7 daraja bo‘ladi.
O‘zgidrometga ko‘ra, shanba kuni respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Farg‘ona vodiysi hududlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Havo harorati kechasi –2...+3 darajani tashkil etadi, kunduzi +7...+12 darajagacha ko‘tariladi.
Yakshanba kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 0...+5 darajani, kunduzi +10...+15 darajani tashkil etadi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 6 va 8 fevral kunlari ayrim joylarda 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin.
Tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida bugun kunning birinchi yarmida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat +3...+5 daraja bo‘ladi.
Poytaxtda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, shanba kuni kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.
Harorat ertaga kechasi –1...+1 daraja, kunduzi +9...+11 daraja, yakshanba kuni kechasi +1...+3 daraja, kunduzi +13...+15 daraja bo‘ladi.