Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘p kvartirali uylarda to‘lovlar faqat “Mening uyim” orqali yuritiladi
Prezidentning “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, 2026 yil 1 iyuldan boshlab ko‘p kvartirali uylarda majburiy to‘lovlar va umumiy mol-mulkni ijaraga yoki foydalanishga berishdan tushadigan tushumlar hisobi faqat “Mening uyim” axborot billing tizimi orqali yuritiladi.
Qarorga ko‘ra, avvalo Toshkent shahrida uy-joy mulkdorlarining umumiy yig‘ilishini chaqirish, o‘tkazish va qaror qabul qilish, shartnomalar tuzish, boshqaruvchilar tomonidan murojaatlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish jarayonlari to‘liq “Mening uyim” axborot billing tizimi (ABT) orqali amalga oshiriladi. 2027 yildan boshlab mazkur tartib respublikaning barcha hududlariga tatbiq etiladi.
Shuningdek, ko‘p kvartirali uylarda majburiy badal va to‘lovlar, umumiy mol-mulkni ijaraga yoki foydalanishga berishdan tushadigan mablag‘lar, hisobi ham aynan shu tizim orqali yuritilishi belgilandi.
Qarorda ta’kidlanishicha, mazkur mexanizm uy boshqaruvida shaffoflikni ta’minlash, moliyaviy hisob-kitoblarni yagona platforma orqali nazorat qilish hamda mulkdorlar ishtirokini kuchaytirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, investitsiya loyihalarini saralashda xalq deputatlari tuman va shahar kengashlari qarori talab etilishi, shuningdek, tutash hududlardagi daraxt va butalarni xatlovdan o‘tkazib, ma’lumotlarni “Mening uyim” tizimida aks ettirish tartibi ham joriy etilmoqda.
Mavzuga oid
08:25 / 06.06.2026
Toshkentda uyni ikki marta sotgan aka-ukaga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
22:34 / 05.06.2026
Qurilganiga 50 yildan oshgan uylarni qayta rejalashtirish taqiqlandi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
09:46 / 26.05.2026