Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zarqaynar ko‘chasida YTH: ikki avtomashina to‘qnashuvi qayd etildi
2026 yil 6 fevral kuni Shayxontohur tumani Zarqaynar ko‘chasida Spark va Cobalt rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.
Foto: Kun.uz
Ma’lum qilinishicha, 1950 yilda tug‘ilgan I.U. Spark rusumli avtomobilni boshqarib kelayotib, ortga qayrilib olish maqsadida o‘z harakat yo‘nalishini keskin o‘ng tomondan chapga o‘zgartirgan. Natijada shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan 1994 yilda tug‘ilgan F.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomashina bilan to‘qnashuv sodir bo‘lgan.
Yo‘l-transport hodisasi natijasida jabrlanganlar qayd etilmagan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati qatnashchilaridan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya etish so‘raldi.
Mavzuga oid
13:20 / 21.05.2026
Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu'da uchta bolani urib ketdi. Ulardan biri vafot etdi
15:05 / 19.05.2026
Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi
18:31 / 18.05.2026
“Bolamni koptok kabi uchirib yuborgan”: Olmaliqda pikap bir bolani o‘ldirdi, biri komada
12:22 / 16.05.2026