Jahon | 18:35 / 08.02.2026
8540
1 daqiqa o‘qiladi

Bashar Asad hokimiyat tepasidagi so‘nggi kunlarini o‘yin o‘ynab o‘tkazgan - OAV

Damashqdagi prezident saroyi ofitserlari va doimiy mehmonlari bilan suhbatlashgan Robert Uortning yozishicha, Asad Rossiya, Turkiya va Eron yordam taklif qilishiga qaramasdan mamlakatdagi vaziyatni o‘nglash va hokimiyatni saqlab qolishga harakat qilmagan.

Foto: AP

Suriya sobiq prezidenti Bashar Asad prezidentligining so‘nggi kunlarini telefonda o‘yin o‘ynash bilan o‘tkazgan, deb yozmoqda The Atlantic jurnali.

Damashqdagi prezident saroyi ofitserlari va doimiy mehmonlari bilan suhbatlashgan Robert Uortning yozishicha, Asad Rossiya, Turkiya va Eron yordam taklif qilishiga qaramasdan mamlakatdagi vaziyatni o‘nglash va hokimiyatni saqlab qolishga harakat qilmagan.

Jurnalist suhbatdoshlarining so‘zlariga ko‘ra, u qo‘ng‘iroqlarga javob berishni ham lozim topmagan va telefonida o‘yin o‘ynashni ma’qul ko‘rgan.

Bashar Asad rejimi 2024 yil dekabrda qulagandi.

8 dekabr kuni «Ozod Suriya armiyasi» Asadning hukmronligi yakuniga yetganini e’lon qildi. Asad oilasi bilan Moskvaga qochgani ma’lum bo‘ldi. Kreml Rossiya «insoniylik nuqtai nazaridan» ularga boshpana berganini ma’lum qildi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid