Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hafta davomida yomg‘irli havo bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekistonda ish haftasi davomida nam havo kuzatiladi. Aksariyat hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda qorga aylanadi. Harorat kunduz kunlari +8…+17, kechalari +3…+10 daraja atrofida o‘zgarib turadi.
Ushbu ish haftasida O‘zbekiston bo‘yicha nam havo kuzatiladi. Mamlakat hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
Havo harorati kunduzi asosan +12…+17 daraja atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida esa +8…+11 darajagacha pasayadi. Kechalari nisbatan +7…+10 daraja atrofida bo‘ladi, hafta o‘rtasida +3…+6 darajagacha tushadi.
Respublika shimolida harorat kechalari –2…+3 darajadan –5…–10 darajagacha, kunduz kunlari +3…+8 darajadan 0…–5 darajagacha o‘zgarib turadi.
Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, 13–18 metr/soniyagacha kuchayadi, 9–10 fevralda ayrim joylarda ba’zida 20–25 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushadi. Tog‘li hududlarda yog‘inganrchilik (yomg‘ir, qor), vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent shahrida dushanba kechga tomon yomg‘ir yog‘adi. Harorat kunduzi +14…+16 daraja bo‘ladi. 10−13 fevralda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kunduz kunlari asosan +11…+16 daraja bo‘ladi, 11 fevralda +8…+10 darajagacha pasayadi.
Harorat kechalari +8…+10 darajadan +3…+5 darajagacha o‘zgarib turadi. Shamol 3–8 metr/soniya telikda esadi, vaqti-vaqti bilan 9–14 metr/soniyagacha kuchayadi.