Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuchli shamol va sel Samarqandda talafot keltirib chiqardi
9 fevral kuni Samarqand viloyatining bir qator tumanlarida kuzatilgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik oqibatida aholi uy-joylari va infratuzilmaga zarar yetdi. Ayrim hududlarda sel kelishi qayd etilib, avtomobil yo‘llarini to‘sib qo‘ydi.
Xususan, Samarqand va Qo‘shrabot tumanlarida sel oqibatida yo‘llarga zarar yetgan. Qo‘shrabot tumanining Jo‘sh, Oqmachit va Chimmos mahallalarida aholi uylarining tom qismiga sel va shamol ta’sirida shikast yetgan. Ayrim joylarda sel suvi yo‘lning asosiy qatnov qismini buzib, harakatni qiyinlashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda Qo‘shrabot tumanida tez yordam avtomashinasining bemorni o‘z vaqtida shifoxonaga yetkazish maqsadida sel suvi ustidan harakatlangani aks etgan. Mazkur holat ko‘plab texnika vositalari harakatlana olmagan paytda qayd etilgan.
Urgut va Narpay tumanlarida esa kuchli shamol oqibatida uylarning tom qismiga zarar yetgan. Ayrim hududlarda elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilgan. Tomlarning uchib ketgani aks etgan tasvirlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning ta’kidlashicha, 9 fevral kuni respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik miqdori oshgan. Aydarko‘l ko‘llar tizim atrofida yomg‘irli nam havo oqimlarining mintaqadan o‘tishida davomli va shiddatli kuchli shamollar kuzatilgan. Xususan, Jizzax viloyatida joylashgan Yangiqishloq kuzatuv stansiya ma’lumotlariga ko‘ra, hududda kuchli shamollar 18 soatlarcha davom etib, ayrim muddatlarda shamol kuchi soniyasiga 28 metrgacha yetgan. Bu me’yordan ancha yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. Mutaxassisga ko‘ra, talofatlarga nafaqat shamol, balki namgarchilik va yog‘ingarchilikning bir vaqtda kuchayishi sabab bo‘lgan.
O‘zgidromet ham Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan Sazag‘onsoy gidropostida yog‘ingarchilik miqdori 28,8 mmgacha yetganini qayd etgan.
10 fevral kuni viloyatning ayrim hududlarida sel va kuchli shamol oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirilgani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
19:18 / 06.02.2026
Samarqandda xorijdagi festivalga o‘z farzandlarini yuborgan mansabdorlardan 28 mln so‘m undirildi
15:30 / 03.02.2026
Samarqandda kuniga 500 tonna chiqindi saralaydigan stansiya quriladi
19:00 / 30.01.2026
Baland binolar shamolni to‘sadimi: ventilyatsiya koridorlari qanday ishlaydi?
10:53 / 29.01.2026