Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Venesuelaning «neft karantini» tugaganini e’lon qildi
AQSh energetika vaziri Venesuelaga «Xitoy bilan qonuniy asosda, shu jumladan qo‘shma korxonalar shaklida halol biznesga» ruxsat berilganini aytdi.
AQSh energetika vaziri Kris Rayt Xitoy Venesuela neftini sotib olganidan keyin Venesuelaning «neft karantini» tugaganini ma’lum qildi, deb yozdi Bloomberg. Shuningdek, u «Xitoy bilan qonuniy asosda, shu jumladan qo‘shma korxonalar shaklida halol biznesga» ruxsat berilganini aytdi.
Bloomberg muxbiri Xitoy Tashqi ishlar vazirligi vakili Lin Tszyan janob Raytning Xitoy neft sotib olishi haqidagi bayonotiga izoh berishni so‘radi. Vazirlik vakili bu haqda hech narsa bilmasligini aytdi.
AQSh 2019 yilda Venesuela neftiga cheklovlar kiritgan, dekabr oyida esa prezident Donald Tramp sanksiya ostidagi xomashyo kemalari to‘liq blokada qilinishini e’lon qilgandi. Yanvar oyida Vashington prezident Nikolas Maduroni hibsga oldi va Karakas neft sanoati ustidan nazorat o‘rnatdi. Shunda Tramp Xyustonga 50 mln barrelgacha neft jo‘natish rejalari haqida ma’lum qilgandi.
10 fevral kuni AQSh Moliya vazirligi Venesuela kompaniyalariga litsenziya berib, Rossiya, Eron, KXDR va Kubaning shaxslari va tuzilmalari, shuningdek, ularning bevosita yoki bilvosita nazorati ostidagi tashkilotlar ishtirokida neft bilan bog‘liq bitimlarni taqiqladi.
Mavzuga oid
09:02 / 20.06.2026
Netanyahu Trampga bosim o‘tkazishi mumkin - AQSh razvedkasi
22:39 / 19.06.2026
Tushunarsiz kelishuv: Tehron uni «Amerika ustidan g‘alaba» deb talqin qilmoqda
21:38 / 19.06.2026
AQSh va Eron o‘rtasida Shveytsariyadagi muzokaralar o‘tkazilmaydigan bo‘ldi
20:51 / 19.06.2026